Trening kimlar uchun :Xirurg , shu yo’nalishda ta’lim olayotgan magistr va klinik ordinatura talabalari uchun.
Kurs davomida : Har bir xirurg uchun zarur bo’lgan laparoskopik jarrohlikni asosiy bilim va ko’nikmalarini nazariy va amaliy jihatdan o’rganasiz. Siz yuqori sifatli laparoskopik uskunalardan foydalangan holda, maxsus ishlab chiqilgan modellar bilan ishlaysiz. Modellarda turli xildagi xirurgik tikish va tugun texnikalarini o’rganasiz.
Mavzular :
Instrumentlar bilan tanishish.
Manipulyatsiyalar.
Disseksiya va kesish.
Teshilgan yara o’rnini tiklash.
Laparoskopik xolesistektomiya.
Uzluksiz chok tikish.
Laparoskopik chanoq anatomiyasi.
Laparoskopik energik modallik.
Laparoskopik jarrohlik texnikalari.
Laparoskopik instrumentlar.
Laparoskopik anatomiya.
Laparoskopik qiyin holatlar.
Ortiqcha vaznli bemorlarda laparoskopiya.
Onkologik bemorlarni bosqichma-bosqich operatsiya qilish.
Limfaadenaektomiya.
Apendektomiya.
Ko’krak bezi jarrohligi.
Laparoskopiya asoratlarini boshqarish.
Oshqozon - ichak tizimini tiklash amaliyotlari.
Qon tomirlar jarohatlanishini oldini olish.
Trokar o’rnini yopish texnikasi.
Intensiv kursni tugatganingizdan so’ng :
Siz LAPAROSKOPIK STACK ( laparoskopiya jarrohlik amaliyoti o’tkazishingizda ishlatiladigan bir nechta jihozlar yig’indisi) ni o’rnata olasiz.
Yorug’lik manbalarini tog’ri ulashni bilasiz va yaxshi sifatli tasvir topa olasiz.
Amaliyot yeriga kirish yo’lini va bemor holatini belgilay olasiz.
Laparoskopik amaliyotdan so’ng qanday asoratlar bo’lishi mumkinligini taxmin qila olasiz va hal qila olasiz
Bir nechta usulda chok tikishni va tugunlarni tugush texnikalarini amalga oshira olasiz.
Laparoskopik muolajalarni amalga oshira olasiz va laparoskopik tashxislashni bilasiz
Turli energiya manbalarini boshqara olasiz
Laparoskopik usulda bir nechta amaliyotlar qila olasiz,apendtektomiya,ko’krak bezi jarrohligi,xolesistektomiya operatsiyalarini amalga oshira olasiz.
Staj tili :INGLIZ yoki TURK tilida olib boriladi.
Davomiyligi : 2 hafta
Qatnashuvchilar soni : max. 2
Har bir qatnashuvchi uchun narxi :1500 USD
Bu dastur o`z ichiga nazariy va kuzatuvchi sifatida qatnashishni o`z ichiga oladi.
Treninglar hafta ichi kunlarda davom etadi.( shanba va yakshanba dam olish kuni)
Treningdan so`ng qatnashuvchilarga sertifati berilishi Medipol klinikasi tomonidan ta`minlanadi.
Tushlik klinika ichi oshxonasida.
Trening ingliz yoki turk tilida olib boriladi.
Paket narxi ichiga aeroportdan kutib olish mehmonxonadan klinikaga-klinika mehmonxonagacha- aeroportgacha transport xizmatlari kiritilgan.