Trening kimlar uchun : Ortoped jarrohlar, shu yo’nalishda ta’lim olayotgan magistr va klinik ordinatura talabalari uchun. Ortopedik jarrohlik doimo yangi va innovatsion texnologiyalar va muolajalar bilan rivojlanib bormoqda. Ortopedik jarrohlik trening dasturlari judayam dolzarbdir, sizga eng so’ngi jarrohlik muolajalaridan xabardor bo’lib turishingiz uchun zarurdir. Bizning trening dasturimiz ortopedik jarrohlarga o’z bemorlariga mukammal tibbiy yordam ko’rsatishda davom etishlariga yordam beradi.
Qatnashuvchilar quyudagi yo’nalishlarda tajribaga ega bo’ladilar:
• Son sohasidagi amaliyotlar • Tizzani butunlay almashtirish • Oyoqlar va tovondagi amaliyotlar • Tizza va yelka arttroskopiyasi • Bilak sohasi amaliyotlari • Bo’g’imlarni to’liq ochoq rekonstruksiyasi • Artroskopik amaliyotlar • ACL ( anterior cruciate ligament) rekonstruktiv texnikalari • Chanoq va yonbosh suyagi jarohatlari • Paylar cho’zilishi • Bo’g’imlar dislokatsiyasi • Yelka suyagi nostabilligi • Ortopedik -onkologik biopsiyalar olish • O’zak hujayra aplikatsiyalari va PRP( trombotsitga boy plazma) • Axil payi jarohatlari • Osteosintez • Suyak sistemasi xosilalarini olib tashlash • Tashqi fiksatsiya
Staj tili : INGLIZ yoki TURK tilida olib boriladi.
Davomiyligi : 2 hafta
Qatnashuvchilar soni : max. 2 kishi
Har bir qatnashuvchi uchun narxi :1500 USD
Medipol universitet klinikasi va MY DOCTORS ACADEMY hamkorligidagi staj dasturi
Bu dastur o`z ichiga nazariy va kuzatuvchi sifatida qatnashishni o`z ichiga oladi.
Treninglar hafta ichi kunlarda davom etadi.( shanba va yakshanba dam olish kuni).
Treningdan so`ng qatnashuvchilarga sertifati berilishi Medipol klinikasi tomonidan ta`minlanadi.
Tushlik klinika ichi oshxonasida.
Trening ingliz yoki turk tilida olib boriladi.
Paket narxi ichiga aeroportdan kutib olish, mehmonxonadan klinikaga-klinika mehmonxonagacha- aeroportgacha transport xizmatlari kiritilgan.
Bepul kutubxona va WI-Fi dan foydalanish.
Tanlangan trening dastur vaqtlari haqida eng kamida bir oy oldin aytishingiz kerak. Shunga ko’ra siz uchun trening dasturi tayyorlaniladi.
Trening dasturlari trener doktorlarimizning bo’sh vaqtlariga ko’ra siz uchun rejalashtiriladi.
Amaliyotlarning kunlik soatlari trener doktorlarning vaqtiga ko’ra tartibga solinadi.
Bu dasturda belgilangan tariflar 31.12.2023 gacha amal qiladi.