Trening kimlar uchun : Oftalmologlar, shu yo’nalishda ta’lim olayotgan magistr va klinik ordinatura talabalari uchun
Oftalmologiya trening dasturi qisqa muddatli unikal kurs bo’lib, muolajalardan iborat bo’libgina qolmay, balki jarrohlik amaliyot oldi holatni baholash, amaliyotdan keyingi parvarishlar hamda asoratlarni oldini olish jarayonlarini ham o’z ichiga oladi.
Trening dasturi quyidagi yo’nalishlardagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi.
• To’r parda bilan ishlash ( dorilar bilan va jarrohlik usulda) • Okulyar elektrofiziologiya • Neyro-oftalmologiya • Glaukoma • Katarakta • Vitrektomiya • Intraokulyar inyeksiya • Jonli amaliyotlar • Jarrohlik amaliyot oldi baholash • Jarrohlik amaliyotiga bemorlarni saralash • Jarrohlik amaliyot so’ngi holatni baholash
Bu kursda asosiy e’tibor davolashga, jarrohlik amaliyoti texnikalariga, bemorlarni tekshiruvi va kuzatuviga qaratilgandir.
Staj tili : INGLIZ yoki TURK tilida olib boriladi.
Davomiyligi : 2 hafta
Qatnashuvchilar soni : max. 2 kishi
Har bir qatnashuvchi uchun narxi :1500 USD
Medipol universitet klinikasi va MY DOCTORS ACADEMY hamkorligidagi staj dasturi
Bu dastur o`z ichiga nazariy va kuzatuvchi sifatida qatnashishni o`z ichiga oladi.
Treninglar hafta ichi kunlarda davom etadi.( shanba va yakshanba dam olish kuni).
Treningdan so`ng qatnashuvchilarga sertifati berilishi Medipol klinikasi tomonidan ta`minlanadi.
Tushlik klinika ichi oshxonasida.
Trening ingliz yoki turk tilida olib boriladi.
Paket narxi ichiga aeroportdan kutib olish, mehmonxonadan klinikaga-klinika mehmonxonagacha- aeroportgacha transport xizmatlari kiritilgan.
Bepul kutubxona va WI-Fi dan foydalanish.
Tanlangan trening dastur vaqtlari haqida eng kamida bir oy oldin aytishingiz kerak. Shunga ko’ra siz uchun trening dasturi tayyorlaniladi.
Trening dasturlari trener doktorlarimizning bo’sh vaqtlariga ko’ra siz uchun rejalashtiriladi.
Amaliyotlarning kunlik soatlari trener doktorlarning vaqtiga ko’ra tartibga solinadi.
Bu dasturda belgilangan tariflar 31.12.2023 gacha amal qiladi.