Yuz estetik va plastik jarrohligi bo'yicha KADAVRA AMALIY o'quv dasturimizga xush kelibsiz!
Biz sizga xaqiqiy bemorlarda tibbiy estetik mashg'uloti o’tkazishdan oldin kadavra amaliy mashg'ulotlarni taklif qilamiz, bu sizga yuz estetik jarrohligi bo'yicha ko'nikmalaringizni rivojlantirishni osonlashtiradi. Kadavralarda mashg’ulotlar o'rganish eng samarali o'rganish usulidir. Mashg’ulotlardan oldin anatomiya bo'yicha batafsil ma'lumotlarni bilish kursning asosiy qoidalaridandir. Oltin standart sifatida qabul qilingan ushbu o'quv usulini sohaning mutaxassislari, anatomiya mutaxassislari hamrohligida maxsus tayyorlangan kadavra namunalari ustida ishlash orqali ta'minlashga kafolat beramiz. Bundan tashqari, qo’llaniladigan mahsulotlar, qanday va qaysi maqsadda ishlatilishi haqida batafsil ma'lumotlar ham bizning treninglarimiz dasturiga kiritilgan. Biz taqdim etayotgan treninglarda eng kam asoratlar bo'lishi kutilayotgan bo'lsa-da, bo'lishi mumkin asoratlarni boshqarish va oldini olish bo'yicha batafsil ma'lumot ham dasturimizdan joy olgan.
Dastur davomiyligi: Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o’z ichiga olgan dasturimiz 5 kun davom etadi. AMALIYOT TILI: TURK /INGLIZ /RUS (tarjimon) QATNASHUVCHILAR SONI:30-36 kishi AMALIYOT O”TKAZILADIGAN KUNLAR:30-sentyabrdan 5-oktyabr 2023-yil AMALIYOT QIYMATI: 2 500 USD
1-kun: a) Yuz anatomiyasi (nazariy ma'lumotlar)
• Yuzning umumiy tuzilishi, vaqt o’tishi bilan yuzda bo’ladigan o'zgarishlar • Yuz anatomiyasini baholash • Yuz skeleti va muhim tuzilmalar va antropologik nuqtalar • Yuz mushaklari va ularning vazifalari, SMAS tuzilishi • Yuz tomirlari va nervlari • Yuzdagi ligamentlar va moyli yostiqlar
b) Yuz anatomiyasi (kadavra va suyak namunalari bo'yicha amaliy darslar)
• Haqiqiy suyak namunalarida antropologik nuqtalar va yo’naltiruvch tuzilmalar • Kadavrda ust qismdan chuqurgacha, -Yuzadagi yog’ qatlami -SMAS -Chuqur yog’ qatlami -Qon tomirlari va nervlar joylashuvi -Yuz osib turuvchi bog'lamlarning joylashuvi
2-kun: a) Nazariy darslar
• In'ektsiya terapiyasi bilan eng yaxshi estetik va terapevtik natijalarga erishish uchun bemorni to'g'ri baholash va davolash rejasini aniqlash • Davolashdan oldin bajarilishi kerak bo'lgan gigiyena qoidalari • Botulinum toksini nima? Tijoriy mahsulotlar qaysilari? In'ektsiyani tayyorlash va dozalash • Ko'rsatmalar va qarshi ko’rsatmalar • Mumkin bo'ladigan asoratlar va ularni oldini olish
b) Kadavrada amaliy darslar
• Yuz ust qismida toksin qo’llash • Yuz o’rta qismida toksin qo’llash • Yuz pastki qismida toksin qo’llash • Bruksizm uchun mashg’ulotlar • Migren uchun mashg’ulotlar
3-kun: a) Nazariy kurslar
• Kontur plastikasi uchun bemorni baholash • Kontur plastikasida xavfsiz va xavfli usullar • İn’eksiya turlari, mahsulot tanlash • In'ektsiyani tayyorlash va dozalash • İn’eksiya bilan ishlov berish zarur bo'lgan holatlar • Bo’lishi mumkin asoratlar va oldini olish
• O’rgimchak to’ri va ilmoqli ip davolash usullari • Mahsulotlar, qaysi mahsulot qaysi davolash uchun? • Ip bilan davolash va jamlash mumkin bo'lgan boshqa davolash usullari • Bemorni baholash va davolash rejasini aniqlash • Kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar va ularni boshqarish
b) Kadavrada darslar
• Thread ip mashg’ulotlari -Yuqori yuz - O'rta yuz -Pastki yuz • ilmoqli ip davolash usullari -O'rta yuz -Pastki yuz • Asoratlarning oldini olish choralari